
- 0
- 05.09.2025 15:34:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda ilondan sho‘rva tayyorlanayotgani aks etgan video tarqaldi. O‘rganish natijasida Oltiariq tumanining "Zilha" MFY hamda Buvayda tumanining "Boston buvo" MFY hududlaridagi qum barxanlarida huquqbuzar tomonidan tipratikan hamda ilon noqonuniy saqlanib, sho‘rva tayyorlab sotilayotganligi aniqlandi. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborildi.