O‘zbekistonda harbiy va idoraviy formaga o‘xshash kiyim kiyganlarga jazolanadi

O‘zbekistonda harbiy va idoraviy formaga o‘xshash kiyim kiyganlarga jazolanadi
  • 0
  • 11.09.2025 08:27:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonda harbiy yoki idoraviy formaga o‘xshash kiyimlarni ishlab chiqish va kiyish uchun javobgarlik belgilanishi kutilmoqda. Qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylandi. Loyiha jamoatchilikni chalg‘itish, oʻzini davlat organi xodimi sifatida koʻrsatish kabi holatlarning oldini olishga qaratilgan. 
Unga ko‘ra, harbiy xizmatchi yoki idora xodimlari formasini, ularning ramz va belgilari bor kiyimni kiyishga haqi bo‘lmagan shaxslar formasi musodara qilinib, BHMning 2 baravaridan 5 baravarigacha jarimaga tortiladi.

Shuningdek, mato rangi, tikilish uslubi yoki farqlovchi belgilariga ko‘ra formaga o‘xshash kiyim ishlab chiqish va foydalanish ham taqiqlanadi. Bunday holatda kiyim musodara qilinib, BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima qo‘llanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News