Insonlar ChatGPT’ga o‘xshab gapira boshladi

Insonlar ChatGPT’ga o‘xshab gapira boshladi
  • 1
  • 16.07.2025 13:37:00
  • 1 daq o'qish

Germaniyadagi nufuzli Maks Plank jamiyatining Inson taraqqiyoti instituti olimlari o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, so‘nggi 18 oy ichida odamlar nutqida sun’iy intellektga xos iboralar tez-tez uchray boshlagan.
Tadqiqotchilar millionlab elektron xatlar, insholar, maqolalar va yangilik matnlarini ChatGPT’ga yuklab, uni yanada yaxshilashni so‘ragan. Sun’iy intellekt eng ko‘p ishlatgan “delve”, “realm”, “meticulous” kabi iboralar “GPT so‘zlari” deb ataldi.
So‘ngra olimlar internetdagi videolar va podkastlarni tahlil qilib, ushbu so‘zlar qachon va qanday tezlikda ishlatila boshlaganini aniqlashdi. Natijada, ChatGPT ishga tushirilganidan keyin bu so‘zlarning og‘zaki nutqda sezilarli darajada ko‘p ishlatilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Bu esa texnologiya va inson tafakkuri o‘rtasidagi chegaralar tobora noaniq bo‘lib borayotganini ko‘rsatadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News