
- 5
- 28.08.2024 16:20:00
- 1 daq o'qish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33-yilligi munosabati bilan 1-3-sentyabr dam olish kunlariga toʻgʻri kelmoqda. Shu munosabat bilan keksa yoshdagi fuqarolarni, pensiya oluvchilarni, nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda bayramni koʻtarinki ruhda kutib olishlarini taʼminlash maqsadida, pensiya toʻlovlarini bank plastik kartada oluvchi fuqarolarning joriy yil sentyabr oyi uchun pensiya toʻlovlari 1-sentyabr kuniga qadar ularning bank plastik kartalariga oʻtkazib beriladi.
Naqd pul shaklida pensiya oluvchilarga toʻlovlar 4-sentyabr kunidan boshlab Xalq banki sayyor kassalari tomonidan grafikka muvofiq amalga oshiriladi.