
- 2
- 27.09.2025 13:15:00
- 1 daq o'qish
22-sentabr kuni Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani “Navro‘z” mahallasida Damas rul boshqaruvi nosozligi sabab qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi va yo‘lni kesib o‘tayotgan 3 piyodani urib yubordi. Jarohat olganlar tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan. Hodisa yuzasidan sudga oid tibbiy va texnik ekspertiza tayinlanib, tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.