
- 0
- 30.07.2025 10:19:00
- 1 daq o'qish
28-iyul kuni Telegram asoschisi Pavel Durov Parijda yana sudga chaqirilib, messenjer faoliyatining jinoiy ishlar bilan bog‘liqligi yuzasidan so‘roq qilindi. Bu haqda Kod Durova nashri xabar berdi.
Durov sud majlisiga qora kostyum va kepka kiygan holda, to‘rt nafar advokati – David-Olive Kaminski, Kristof Ingren, Robin Binsar va Isaak Arnu hamrohligida kelgan. Advokatlar holat yuzasidan izoh berishdan bosh tortdi.
Parij prokuraturasi hozircha ish yuzasidan yangi tafsilotlar yo‘qligini, tergov davom etayotganini bildirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Durovning advokatlari ish bo‘yicha Parij apellyatsiya sudiga bir nechta iltimosnoma va shikoyatlar kiritgan.
Bundan tashqari, ish doirasida Yevropa Ittifoqi sudiga “konstitutsiyaviylik masalasi” va “dastlabki sharhga oid masala” ham yuborilgan.