Pavel Durov O‘zbekistonda

Pavel Durov O‘zbekistonda
  • 3
  • 28.06.2024 09:34:00
  • 1 daq o'qish

Otabek Umarov Telegram asoschisi bilan tushgan rasmini ijtimoiy tarmoqlarga joylab, Pavel Durov rasman O‘zbekistonda bo‘lib turganini tasdiqladi.

“Joriy haftada Telegram jamoasi loyiha asoschisi Pavel Durov va uning akasi Nikolay boshchiligida O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Mamlakatimizda ushbu xizmatga alohida iliq munosabat bildiriladi, chunki Telegram biz uchun shunchaki birinchi raqamli messenjerdan kattaroq narsadir. Biz uning yordamida yaqinlarimiz bilan doim aloqada bo‘lish bilan birga, yangiliklardan xabardor bo‘lamiz, ishlarni yuritamiz, kerakli tovar va xizmatlarni topamiz. Telegram har qanday masalada mobil internetning deyarli har bir foydalanuvchisiga yordam beradi” – deb yozgan Otabek Umarov.

U Pavel Durov Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlariga tashrif buyurganini yozgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News