
- 4
- 12.03.2024 13:50:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekistonda har bir maktabning 9-sinfidan boshlab bittadan “Yosh gvardiyachilar” vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi.
O‘quvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora tadbirlar doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Yosh gvardiyachilar” ixtisoslashtirilgan sinflari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori tayyorlandi.
Shu kunga qadar Milliy gvardiya tasarrufida Respublika bo‘ylab har bir viloyatda 4 tadan maktablarda jami 56 ta maktablarda 265 ta “Yosh gvardiyachilar” sinflari mavjud bo‘lgan. Endilikda qarorga asosan har-bir maktabda bittadan “Yosh gvardiyachilar” vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi.