Go‘shtli patir

  • 13
  • 01.04.2024 16:11:00
  • 1 daq o'qish

Salom aziz bekajonlar bugun sizlar uchun barchaga yoqadigan yumshoqqina bo‘lib chiqadigan Go‘shtli patir retseptini taqdim etamiz.

🥩Masalliqlar:

Sut;
Go‘sht 300 gr;
Un 500 gr;
Margarin 200 gr;
Piyoz 2dona;
Tuz va ziravorlar;

👩🏻‍🍳Tayyorlanishi:

Ishimizni iliq sutga tuz solib, o‘rtacha qattiqlikda xamir qorib olishdan boshlaymiz va xamirni o‘rab, olib qo‘yamiz.
Go‘sht va piyozni maydalab to‘g‘raymiz.
Tovaga ozgina yog‘ solib, avval piyozni, keyin go‘shtni solib, qovurib olamiz.
Ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar solish esdan chiqmasin.
Dam olgan xamirni yupqa qilib yoyib, qovurilgan masalliqni solib o‘rab olamiz. 
Duxovkada 30 daqiqa davomida 180 gradus issiqlikda pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha😋

Siz yana qanday patirlar tayyorlab turasiz retseptini albatta yozib qoldiring🥰

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News