
- 0
- 05.08.2025 12:27:00
- 1 daq o'qish
Dushanba kuni ertalab PATH poyezdida yuz bergan yong‘in sabab Nyu-Jersi va Nyu-York o‘rtasidagi qatnov vaqtincha to‘xtatildi. Jersi-Sitidagi Nyupor stansiyasini tutun qopladi, yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi.
Port Authority ma’lumotiga ko‘ra, bir nechta yo‘lovchiga tutun ta’siridan so‘ng tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.