- 9
- 06.06.2023 13:17:00
- 1 daq o'qish
Makaronning qo‘ziqorinli variantini “Lazzat dunyosi” oshxonasida tayyorladik.😍 Siz ham uyingizda albatta tayyorlab ko‘ring.
Saqlash tugmasini bosgan bo‘lsangiz do‘stlaringizga jo‘natishni ham unutmang.🥰
🍄Masalliqlar:
Makaron
7-8 qo‘ziqorin
1 dona piyoz
1 osh qoshiq sariyog‘
1 osh qoshiq yog‘
1 osh qoshiq tomat pastasi
Qaymoq
Tuz va murch
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
- Qaynayotgan suvga makaron soling.
- Alohida qozon yoki tovada sariyog‘ va yog‘ qo‘shing.
- Yog‘ga to‘g‘ralgan piyoz qo‘shib, biroz pushti rangga kirguncha qovurib, qo‘ziqorin qo‘shing.
- Qo‘ziqorinlar qovurilgandan so‘ng, tomat pastasi va qaymoq qo‘shing.
- Qaynashi davomida murch va tuz solingandan keyin ustiga pishgan makaron soling.
- Makaron yanada shirin bo‘lishi uchun pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazib soling.
🍽 Dasturxonga tortish uchun taklif:
Agar xohlasangiz, to‘g‘ralgan shivit bilan bezatishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha 🤤