
- 2
- 21.07.2025 11:25:00
- 1 daq o'qish
20-iyul kuni Indoneziyaning Shimoliy Sulavesi provinsiyasi hududidagi kemada yong‘in chiqdi. Kema bortida 280 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan. Yong‘in natijasida kamida 3 kishi halok bo‘lgan. Yo‘lovchilar qutqaruv jiletlari bilan suvga sakrab, kichik qayiqlar orqali olib chiqilgan. Yong‘in sababi hozircha aniqlanmagan.
Indoneziya orollari orasida yo‘lovchi kemalari asosiy transport vositasi hisoblanadi, shu sabab bunday favqulodda holatlar tez-tez sodir bo‘lib turadi.