Kanadada yo‘lovchi samolyoti qo‘nish payti ag‘darilib ketdi

  • 3
  • 21.02.2025 09:23:00
  • 1 daq o'qish

17-fevral kuni Delta Airlines aviakompaniyasiga tegishli Bombardier CRJ900LR yo‘lovchi samolyoti Kanadaning Toronto xalqaro aeroportida qo‘nish chog‘ida ag‘darilib ketdi. Aviahalokat oqibatida 18 kishi jarohat olgan. Bombardier CRJ 900 bortida jami 76 yo‘lovchi va to‘rt nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Bortda bo‘lgan odamlar ag‘darilgan samolyotdan o‘zlari chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Qurbonlar qayd etilmagan. Hodisaning aniq sababi hozircha noma’lum. Kanada Transport xavfsizligi boshqarmasi ushbu hodisa bo‘yicha tergov boshlagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News