Qozog‘istonda yo‘lovchi samolyot qulab tushdi 

  • 7
  • 25.12.2024 17:04:00
  • 1 daq o'qish

 

25-dekabr kuni Bokudan Grozniyga uchayotgan Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti Qozog‘iston g‘arbidagi Aqtau shahri yaqinida halokatga uchradi. Azari Press Agentligi ma’lum qilishicha, samolyot Kaspiy dengizi ustida halokat signali bergan va majburiy qo‘nish uchun Qozog‘iston tomonga yo‘l olgan. Halokatga samolyot qushlar galasi bilan to‘qnashib ketishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Baza bortda 67 yo‘lovchi va ekipajning besh a’zosi bo‘lganini xabar qilgan. “Ostorojno, novosti” ma’lumotida samolyot bortidagilar 107 kishi bo‘lgani aytilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, omon qolganlar borligi aytilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News