Moskvadan Toshkentga uchayotgan samolyot yo‘lovchisi vafot etdi

Moskvadan Toshkentga uchayotgan samolyot yo‘lovchisi vafot etdi
  • 11
  • 06.10.2023 17:18:00
  • 1 daq o'qish

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Moskva-Toshkent reysini amalga oshirayotgan HY-604 samolyoti Urganch aeroportida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bortida 236 yoʻlovchi boʻlgan Boeing 787 samolyoti ekipaji yoʻlovchilardan birining sogʻligʻi yomonlashgani sababli zaxira aerodromga uchishga qaror qildi.

Toshkent vaqti bilan 16:59 da samolyot Urganch aeroportiga qo‘ndi. Yo‘lovchi 1978 yilda tug‘ilgan erkak - samolyot bortida vafot etgan. Soat 18:48 da samolyot Urganchdan Toshkentga uchdi.

Manba: uzbairposrts.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News