
- 3
- 27.09.2025 15:44:00
- 1 daq o'qish
Xitoyning Veyfan shahrida yashovchi Kola laqabli to‘tiqush dunyo rekordini o‘rnatdi. U atigi 1 daqiqa ichida 21 ta tryuk bajarib, Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi. Ushbu rekord joriy yilning yozida rasman qayd etilgan. Internetdagi videolardan ilhomlangan Chjan ichimlik sharafiga nomlangan qushiga oddiy tryuklarni o‘rgata boshlaydi. Kola buni juda tez o‘rganib, o‘nlab har xil harakatlarni bajara oladigan darajaga yetdi. Endi esa u — oddiy qush emas, rekordlar kitobiga kirgan qush!