
- 16
- 09.08.2024 16:00:00
- 1 daq o'qish
Suvga sakrash🏊♀️
Igor Myalin birinchi urinishdan keyin 64.00 ball jamgʻarishga erishdi. Mazkur yoʻnalishda 26 nafar sportchi qatnashmoqda. Yakunda eng yaxshi natija koʻrsatgan 18 ishtirokchi yarim finalga yoʻl oladi.
Taekvondo WT🤼
Jasur Jaysunov eronlik nomdor sportchi Mehran Barhordoriga qarshi bahsda imkoniyatni boy berdi. Endi Barhordori finalga chiqsa, Jaysunov bronza medali uchun kurashish imkoniyatiga ega boʻladi.
Erkin kurash🤼♂️
Javrail Shapiyev oʻtish bosqichida kanadalik Aleks Murni magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi. U kechki dasturda bronza medali uchun amerikalik Aron Bruksga qarshi gilamga chiqadi.
Razambek Jamalov esa chorak finalda albaniyalik Chermen Valiyevni mag‘lub etdi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi u final yo‘llanmasi uchun tojikistonlik Viktor Rassadin bilan kurashadi.
Taekvondo WT 🤼♀️
Ozoda Sobirjonova serbiyalik Aleksandra Perishich bilan jang qilib, imkoniyatni boy berdi. Endi Perishich finalgacha yetib borsa, Sobirjonova bronza medali uchun kurashish imkoniyatiga ega bo’ladi.