Bolasini noqonuniy diniy ta’limga jalb qilgan ota-onalarga 5,6 mln so‘mgacha jarima yoki qamoq jazosi

Bolasini noqonuniy diniy ta’limga jalb qilgan ota-onalarga 5,6 mln so‘mgacha jarima yoki qamoq jazosi
  • 2
  • 22.02.2025 14:47:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonda “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Endilikda ota-onalar farzandlarini shaxsiy e’tiqodiga muvofiq tarbiyalashi mumkin, biroq litsenziyaga ega bo‘lmagan tashkilotlar yoki diniy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar orqali o‘qitish taqiqlanadi.
Agar ushbu huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilsa, bazaviy hisoblash miqdorining 5–10 baravari (1 mln 875 ming – 3 mkn 750 ming so‘m) miqdorida jarima solinadi. Takroriy holatda esa jarima miqdori 10–15 baravarga oshishi yoki 15 sutkagacha qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News