
- 1
- 15.08.2025 09:12:00
- 1 daq o'qish
Prezident farmoniga muvofiq, O‘zbekistonga olib kelingan falastinlik fuqarolarga davlat tomonidan keng ko‘lamli yordam ko‘rsatiladi. Ularga nafaqa tayinlanadi, uy-joy ijarasi xarajatlari qoplab beriladi, farzand tug‘ilganda va dafn marosimlari uchun to‘lovlar ajratiladi. Har bir oilaga bir martalik moddiy yordam ham beriladi. Ularning farzandlari esa navbatsiz tarzda davlat bog‘chalari va maktablariga joylashtiriladi hamda 2028-yil 1-yanvarigacha ota-onalar to‘lovidan ozod etiladi.
Shuningdek, ular qo‘shimcha ta’lim (kasb-hunar, IT, oliy ta’limga tayyorlov)ga jalb qilinadi va barcha xarajatlar to‘liq davlat hisobidan qoplanadi. Har bir oilaga ijtimoiy xodim biriktirilib, individual ko‘mak ko‘rsatiladi.