
- 12
- 27.02.2025 09:10:00
- 1 daq o'qish
25-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Muhim tadbir va muzokaralar 26-fevral kuni bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif ko‘p qirrali O‘zbekiston-Pokiston hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan Qo‘shma deklaratsiya hamda ikki tomonlama Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladilar.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev va Shahboz Sharif O‘zbekiston—Pokiston biznes forumida ishtirok etdi. Tadbirda ikki mamlakat yetakchi kompaniyalarining 300 nafarga yaqin rahbarlari va vakillari qatnashdi. Biznes forumda Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzishga kelishib olinib, savdo-iqtisodiy hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarning “lokomotivi” sifatida belgilandi.