
- 0
- 06.05.2025 16:04:00
- 1 daq o'qish
Toshkent shahrida yo‘l bo‘yi pulli avtoturargohlar tizimi 8-maydan ishga tushiriladi. Bu haqda Streetpark Systems vakillari 5-may kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Loyihaning ilk bosqichida Amir Temur xiyoboni, Mirobod, Shahrisabz, Istiqbol va Zarafshon ko‘chalarida to‘xtash joylari tashkil etiladi. 2-may kuni Amir Temur xiyobonida ilk sinovlar boshlangan bo‘lib, bu yerda to‘xtash soatiga 12 ming so‘m etib belgilangan.
Iyul oxirigacha 86 ta ko‘chada 13 mingdan ortiq pulli avtoturargohlar joriy etilishi rejalashtirilgan. To‘lovlar “Poytaxt Parking” mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi. Tariflar hududga qarab soatiga 5 ming so‘mdan 12 ming so‘mgacha belgilangan.
Aholi yashaydigan joylarda kechki va tungi soatlarda bepul to‘xtash imkoniyati bo‘ladi. Tizim ilk kunlarida ogohlantirish bilan cheklanadi, jarimalar qo‘llanilmaydi.