
- 48
- 12.11.2026 11:57:00
- 2 daq o'qish
Özbekistondan AQŞga borgan 18 yoşli model Roza (ismi özgartirilgan) modellik agentligi uni jinsiy jinoyatlarda ayblangan moliyaçi Jeffri Epşteynning uyiga ikki marta fotosessiya uçun yuborganini maʼlum qildi. U agentlik rahbariyatini öz xavfsizligini taʼminlamaganlikda ayblagan. Bu haqda BBC xabar berdi.
Rozaning aytişiça, u 2009-yilda AQŞga kelganidan bir oy ötib, MC2 Model Management agentligining Amerikadagi bölimi tomonidan Epşteynning Florida ştati Palm-Biç şahridagi uyiga yuborilgan. Öşa vaqtda Epşteyn voyaga yetmagan şaxsga nisbatan jinsiy jinoyati uçun qamoq jazosini ötayotgan bölsa-da, kunduzi uydan taşqarida işlaşiga ruxsat berilgan.
Modelning taʼkidlaşiça, agentlikning AQŞdagi öşa paytdagi prezidenti Jeff Fuller uning qayerga ketayotganidan xabardor bölgan. Fotosessiyalardan söng Epşteyn uni yordamçisi sifatida işga olgan va muntazam ravişda zöravonlik qilgan.
Roza agentlikning asosiy vazifasi uni himoya qiliş bölganini, biroq buning örniga rahbariyat uni xavf ostiga qöyganini aytgan. BBC jurnalistlari Jeff Fuller tomonidan Rozaning Palm-Biçdan qaytiş çiptasi bron qilinganini körsatuvçi xarajatlar hisobotini ham aniqlagan. Biroq Fuller avvalroq modelning Epşteyn uyiga borişidan bexabarligini bildirgan.
BBC suriştiruvida MC2 agentligining kamida 10 nafar modeli Epşteyn bilan uçraşgani yoki u bilan aloqada bölgani aniqlangan. Hujjatlarga köra, Epşteyn 2005-yilda agentlikka 1 million dollar bergan. Şuningdek, suriştiruvda agentlikning sobiq agenti Ramzi Elkolli Epşteynga 34 nafar ayolni taniştirişga uringani maʼlum bölgan. Ular orasida maktabda öqigan 18 yoşli qiz ham bölgan. Keyinçalik uşbu ayol 19 yoşida Epşteyn bilan ilk uçraşuvida jinsiy tajovuzga uçraganini bildirgan.
Yana bir model Simona (ismi özgartirilgan) esa Epşteyn tomonidan 200 martadan ortiq zöravonlikka uçraganini aytgan. Uning sözlariga köra, moliyaçi qariyb ikki yil davomida uning moliyaviy va şaxsiy hayotini nazorat qilgan.
Suriştiruvda modellik agentligi rahbari Feyt Keytsning ham Epşteyn bilan aloqalari örganilgan. Uning advokatlari Keyts Epşteyn tomonidan çalğitilganini va uning jinoiy faoliyatidan xabardor bölmaganini bildirgan. Ramzi Elkolli ham moliyaçining jinoyatlaridan bexabarligini taʼkidlagan.
Ayni paytda Nyu-York ştati senatori Zelnor Mayri Epsteyn jinoyatlaridan xabardor bölgan yoki xabardor bölişi kerak bölgan şaxslarni ham javobgarlikka tortiş imkoniyatini kengaytiruvçi qonun loyihasini taklif qilgan.
Roza öz hikoyasini oşkor qiliş orqali boşqa jabrlanuvçilarni ham sukut saqlamaslikka çaqirgan. Uning taʼkidlaşiça, hozirgaça özi uçun adolat qaror topmagan.