Oliy maʼlumotlilar uluşi şaharlarda qişloq joylardagidan 1,5 barobar köp

Oliy maʼlumotlilar uluşi şaharlarda qişloq joylardagidan 1,5 barobar köp
  • 34
  • 13.11.2026 18:13:00
  • 2 daq o'qish

Milliy statistika qömitasida aholi va qişloq xöjaligini röyxatga olişning yakuniy natijalari hamda ulardan milliy hisoblar va iqtisodiy körsatkiçlarni şakllantirişda foydalaniş mavzusida matbuot anjumani bölib ötdi. Anjumanda CASIA.UZ muxbiri ham qatnaşdi.

Yiğilişda aholi va qişloq xöjaligini röyxatga olişning yakuniy natijalari eʼlon qilindi. Qayd etilişiça, joriy yilning 15-yanvar holatiga köra, Özbekistonning doimiy aholisi 39 million 47 ming 321 kişini taşkil etgan. Bu 1-yanvar holatidagi joriy hisobdan 810,6 ming kişi yaʼni 2,1 foizga köp. Aholining 50,6 foizi erkaklar, 49,4 foizi ayollardan iborat.

Şuningdek, hisobotda oliy maʼlumotlilar uluşi şaharlarda qişloq joylardagidan 1,5 barobar yuqori çiqqan. Jumladan oliy maʼlumotga ega ayollar 10,2 % ni, erkaklar esa 13,9 % ni taşkil etgan.

Ilk bor ötkazilgan qişloq xöjaligini yalpi röyxatga oliş natijalariga köra, 7,6 millionta qişloq xöjaligiga oid hisobga oliş birligi qayd etilgan. 2025-yilda ularning foydalanişidagi umumiy yer maydoni 42,5 million gektarni taşkil etgan. Jumladan, mamlakatda 12,2 million boş qoramol, 23 million boş qöy va eçki hamda 120,9 million boş parranda mavjudligi aniqlangan.

Röyxatga oliş natijalari asosida 2017–2025-yillar uçun yalpi içki mahsulot (YaIM) körsatkiçlari ham qayta hisoblangan. Xususan, 2025-yil uçun YaIM hajmi 1 849,7 trillion sömdan 2 126,8 trillion sömga qayta baholangan. Bu 277,1 trillion söm yoki 15 foizlik farqni taşkil etadi.

Qömita uşbu özgariş real iqtisodiy ösiş 15 foizga oşganini anglatmasligini taʼkidladi. Qayta hisob-kitoblardan söng 2025-yil uçun real iqtisodiy ösiş 7,8 foiz deb belgilangan. Avvalgi körsatkiç esa 7,7 foiz bölgan.

Şuningdek, aholi jon boşiga nominal YaIM 48,8 million sömdan 55 million sömga, örtaça yillik aholi soni esa 37,9 milliondan 38,7 million kişiga aniqlaştirilgan.

Taʼkidlanişiça, yangilangan statistik maʼlumotlar mamlakatdagi demografik va iqtisodiy jarayonlarni aniqroq baholaş, hududlarni rivojlantiriş hamda davlat dasturlarini rejalaştirişda muhim asos bölib xizmat qiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News