
- 0
- 02.07.2026 15:22:00
- 1 daq o'qish
Ispaniyada iyun oyidagi kuchli jazirama oqibatida kamida 1028 kishi vafot etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravardan ko‘proq bo‘lib, 2015-yildan buyon iyun oyida qayd etilgan eng yuqori o‘lim holati hisoblanadi.
Mamlakat Milliy ob-havo agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki olti oyi Ispaniya tarixidagi eng issiq davr bo‘ldi. O‘rtacha harorat me’yordan 1,6 darajaga, iyun oyida esa 3,2 darajaga yuqori bo‘lgan.
Jazirama butun Yevropani ham qamrab oldi. JSST ma’lumotiga ko‘ra, issiq to‘lqini oqibatida qit‘a bo‘ylab yana 1300 dan ortiq kishi vafot etgan.
Mutaxassislar rekord darajadagi issiqni Sahroi Kabirdan kirib kelgan issiq havo oqimi hamda iqlim o‘zgarishi bilan izohlamoqda.