10 kunda 96 mingdan ortiq migrant Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi

10 kunda 96 mingdan ortiq migrant Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi
  • 4
  • 10.09.2026 13:48:00
  • 1 daq o'qish

25-avgustdan 5-sentabrgacha 96 415 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.
Ularning 54 885 nafari Rossiyaning o‘zidan, 41 530 nafari esa Qozog‘iston orqali olib kelingan.
Shu davrda Rossiyadagi o‘zbekistonliklardan 6 413 ta murojaat kelib tushgan. Qariyb 5,5 ming fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilgan. Jumladan, 2 681 nafarga yuridik yordam berilgan, 726 nafarga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirilgan va 272 nafarning ishga joylashishiga ko‘maklashilgan.
Shuningdek, 20 ta yirik ish beruvchi bilan muzokaralar o‘tkazilib, 2,5 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rni tashkil etilgan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News