
- 6
- 25.02.2025 08:59:00
- 1 daq o'qish
Buyuk Britaniyada ozish hamda qandli diabetni davolash uchun mo‘ljallangan dorilarni qabul qilgan 80 dan ortiq odam vafot etdi.
Yanvar oyi oxirlarida bu dorilar bilan bog‘liq kamida 22 ta o‘lim holati kuzatilgan. Qolgan 60 ta o‘lim holati II toifali diabetni davolashga mo‘ljallangan dorilar bilan bog‘liqligi qayd etilgan. 80 dan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lgan vositalar qatorida “Ozempik”, “Tirzepatid”, “Viktoza”, “Saksenda” kabi dorilar sanab o‘tilgan.