
- 3
- 06.02.2023 17:51:00
- 1 daq o'qish
Turkiyada para taekvondo bo‘yicha kuni kecha poyoniga yetgan “Prezident kubogi” turnirida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 4 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Matonatli sportchilarimizdan Guljanoy Naimova oltin, Ziyoda Isoqova kumush, Zuhriddin Tohirov va Asad Toshtemirov o‘z vaznlarida bronza medaliga musharraf bo‘lish bilan birga "Parij-2024" yozgi Paralimpiya o‘yinlarining muhim reyting ochkolarini ham qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda Milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Manba: UzA