Sportchi qizlarimiz Batumidan medallar shodasi bilan qaytishdi

Sportchi qizlarimiz Batumidan medallar shodasi bilan qaytishdi
  • 6
  • 20.02.2023 14:45:00
  • 1 daq o'qish

Ortda qolgan hafta Yevropaning bir qator shaharlarida qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichi o‘tkazildi. Quvonarlisi, Gruziyaning Batumi shahrida o‘tgan sablyachi qizlar o‘rtasidagi bahslar O‘zbekiston terma jamoasi vakillarining g‘alabalari bilan yakunlandi. Bu haqda O’zbekiston Milliy Olimpiya Qo’mitasi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Yakkalik bellashuvlarida hamyurtimiz Fernanda Errera barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Terma jamoamiz vakillaridan Dilnaz Usnatdinova hamda Ayakoz Jumamuratova esa bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Qizlarimiz jamoaviy dasturda ham o‘z ustunliklarini namoyish etib, ushbu yo‘nalishda ham shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News