
- 7
- 13.06.2024 08:54:00
- 1 daq o'qish
1-25-iyul kunlari ijodiy imtihonlar, 14-28-iyul kunlari test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Abituriyentlar ijodiy imtihonda to‘plagan ballni o‘sha kunning o‘zida, testda to‘plagan ballni ertasi kuni bilishi mumkin bo‘ladi.
Test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng, 15 kun davomida abituriyentlar test ballaridan kelib chiqib, 5 tagacha oliygoh tanlash huquqiga ega. Eslatib, o‘tamiz, 2024-2025 o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tish 5-iyundan 25-iyungacha davom etadi.