- 0
- 14.06.2025 13:29:00
- 1 daq o'qish
Kecha Eron Isroilning bir kun oldin bergan havo zarbalariga javob operatsiyasini uyushtirdi. Eron operatsiya harbiy obyektlar – aviabazalar va mudofaa infratuzilmasini nishonga olganini bildirdi. Isroil esa Eron turar joy kvartallariga hujum qilganini, bu orqali “qizil chiziq”ni kesib o‘tganini ma’lum qildi.
Asosiy tafsilotlar:
– 13-iyun soat 21:00 atrofidan boshlab Eron “Haqiqiy va’da-3” operatsiyasi doirasida 4 marta Isroilga 300 dan ortiq ballistik raketa uchirdi.
– Hujum oqibatida Isroilda 2 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq odam shifoxonaga yotqizilgan.
– Isroil ham parallel ravishda Eron oliy rahbari va president qarorgohi joylashgan Tehron tumanini nishonga olgan, ammo raketa tutib olingan, deb yozadi New York Times.
– Binyamin Netanyahu eronliklarni “zaif hukumat”ga qarshi chiqishga chaqirdi.
– Dimona shahridagi Isroil yadroviy inshooti vayron qilindi
– Putin Eron va Isroil rahbarlari bilan telefon orqali suhbatlashdi. Rossiya Isroilning BMT ustavi va xalqaro huquqni buzgan holda amalga oshirgan harakatlarini qoralagan.