Isroil mudofa vaziri quruqlikdagi jang uch oyda kutilgan natijani berishini aytdi

Isroil mudofa vaziri quruqlikdagi jang uch oyda kutilgan natijani berishini aytdi
  • 4
  • 23.10.2023 11:33:00
  • 1 daq o'qish



Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant Isroilning G‘azo sektoridagi quruqlikdagi hujumi uch oy davom etishi mumkinligini aytdi. Ammo, uning so‘zlariga ko‘ra, Agar Isroil Xamas guruhini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lsa, bu operatsiya oxirgisi bo‘ladi.

“Bu G‘azo sektoridagi so‘nggi (quruqlikdagi) manevr bo‘lishi kerak, chunki undan keyin “HAMAS” bo‘lmaydi. Bu bir oy, ikki oy, uch oy davom etadi, lekin oxir— oqibat “HAMAS”  bo‘lmaydi”, dedi Yoav Galant Tel-Avivdagi Isroil havo kuchlari qo‘mondonlik markazida. “Dushman zirhli va piyoda qo‘shinlari bilan uchrashishdan oldin, u havo kuchlari bombalariga duch keladi”, dedi vazir Isroil havo kuchlari vakillariga.

19-oktabr kuni Isroil mudofaa vaziri G‘azo sektorida yer usti operatsiyasini boshlash to‘g‘risida buyruq yaqin orada berilishini aytdi. Bloomberg manbalariga ko‘ra, AQSh va Yevropa Ittifoqi Isroil hukumatidan “HAMAS” bilan garovga olingan 210 kishini ozod qilish to‘g‘risida muzokaralar olib borish uchun vaqt berish uchun quruqlikdagi operatsiyani boshlamaslikni so‘ragan.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News