
- 28
- 01.07.2026 18:08:00
- 1 daq o'qish
Fransiyaning Parij shahridagi mashhur Versal saroyi Qirollik operasi sahnasida Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan Jorj Friderik Handelning “Tamerlano” operasi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri tomonidan ijro etildi.

Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram sahifasida xabar berdi. Uning ta’kidlashicha, Dubay, Vena va Sankt-Peterburgdagi muvaffaqiyatli namoyishlardan so‘ng, opera endi Parij tomoshabinlariga ham taqdim etildi.

Saida Mirziyoyeva bunday madaniy loyihalar xalqlarni yaqinlashtirish va madaniy diplomatiyani rivojlantirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, “Tamerlano” operasi 2024-yil 2-oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida rejissyor Stefano Poda sahnalashtiruvida ilk bor O‘zbekistonda namoyish etilgan. Spektaklda Handelning original musiqasi bastakor Kirill Rixter tomonidan zamonaviy talqinda qayta ishlanib, o‘zbek milliy cholg‘u asboblari jo‘rligida ijro etilgan.