
- 18
- 30.12.2024 09:41:00
- 1 daq o'qish
Janubiy Koreyadagi aviahalokatda 2 kishigina omon qolgani ma’lum qilindi
Avvalroq Janubiy Koreyada yo‘lovchi samolyoti qo‘nish paytida halokatga uchragani haqida xabar bergandik. Yakuniy ma’lumotlarga ko‘ra, aviahalokatda bortdagi 181 kishidan 179 nafari halok bo‘lgan. Omon qolgan ikki kishi — bir yo‘lovchi va ekipaj a’zolaridan biri. Reuters xabariga ko‘ra, ularning ikkisi ham samolyotning dum qismida bo‘lgan. Ularning holati haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Hodisa sabablari hozircha ma’lum emas. Dastlabki versiyaga ko‘ra, avariya qushlar bilan to‘qnashuv natijasida qo‘nish moslamasining nosozligi tufayli sodir bo‘lgan. Ekipaj samolyotni qo‘ndirishga uringan bo‘lsa-da, tezlikni pasaytira olmagan va uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, to‘siqqa urilgan.