- 2
- 18.04.2026 10:40:00
- 1 daq o'qish
Masalliqlar:
-4–5 dona katta piyoz
-300 gr mol go‘shti qiymasi
-1 stakan yuvilgan guruch
-1 osh qoshiq tomat
-1 osh qoshiq qalampir pastasi
-1 choy stakan pomidor sousi
-2 dona sarimsoq
-bir hovuch mayda to‘g‘ralgan petrushka
-1 stakan zaytun yog‘i
-4 osh qoshiq anor sharbati
-2 choy qoshiq tuz
-1 choy qoshiq qora murch
-1 choy qoshiq quritilgan yalpiz
-1 choy qoshiq qizil qalampir
Sousi uchun:
-1 osh qoshiq sariyog‘
-1 osh qoshiq pomidor pastasi
-500 ml suv
Tayyorlanishi:
Piyozlarning bosh qismini kesib, po‘stini yaxshilab archamiz. O‘rtasigacha ozgina kesik tashlab, qaynab turgan suvda taxminan 10–15 daqiqa yumshaguncha qaynatamiz. Qaynatilgan piyozlarni olib, qo‘lni kuydirmasligi uchun sovuq suvga solamiz. So‘ng, tayyor aralashmani piyoz qatlamlariga solib, mahkam qilib o‘raymiz. O‘ralgan do‘lmalarni qozon yoki keng tovada ochilib ketmaydigan qilib terib chiqamiz va ustidan sousini quyamiz. Avval plitada qopqog‘ini yopgan holda o‘rtacha olovda taxminan 40–45 daqiqa pishiramiz. So‘ng qopqog‘ini ochib, 200°C darajali duxovkada yana 20 daqiqa usti qizarguncha pishiramiz.
Yoqimli ishtaha! 🍽