
- 5
- 16.12.2024 14:10:00
- 1 daq o'qish
14-dekabr kuni tunda Namangan viloyati Pop tumanida yuk mashinasi hamda Lacetti avtomashinasi ishtirokida ayanchli YTH sodir boʻldi. Lacetti haydovchisi avtomashinani Toshkent-Vodiy yoʻnalishida boshqarib kelayotgan vaqtida, qarama-qarshi yoʻnalishida harakatlanib kelib, yoʻlning oʻng tomonidan chap tomoniga qayrilayotgan DAF yuk mashinasiga urilgan. Lacetti haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonada vafot etgan.