Toshkentda ko‘p qavatli uydagi yong‘in sabab bir kishi halok bo‘ldi

Toshkentda ko‘p qavatli uydagi yong‘in sabab bir kishi halok bo‘ldi
  • 4
  • 31.10.2024 18:10:00
  • 1 daq o'qish

31-oktabr kuni tunda Toshkent shahri Olmazor tumanidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida shu xonadonda yashovchi, 1950-yilda tug‘ilgan fuqaro halok bo‘lgan va xonadonning 10 metr kvadrat maydonda ichki qismi yonib zararlangan. Marhum insult kasalligiga sababli harakatlana olmagani uchun oxirgi yillarda oila a’zolari nazoratida bo‘lgan. U yotoq joyida tamaki chekkani oqibatida yong‘in sodir bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdorini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News