
- 1
- 16.06.2026 15:48:00
- 1 daq o'qish
Toshkent shahridagi ko‘chalardan biriga Turkiya Respublikasi asoschisi Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Prezidentning 15-iyun kuni imzolangan “Toshkent shahridagi ko‘chalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomini berish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Yashnobod tumanidagi Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismi Otaturk nomi bilan ataladi. Bu hudud “O‘zbekiston–Turkiya do‘stlik” xiyoboniga tutash hisoblanadi.
Shuningdek, Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi Ezgu tilak ko‘chasiga mashhur ayol rahbarlardan biri bo‘lgan Shakarjon Xo‘janiyozova nomi beriladi.