Sergelida yo‘lovchi avtobuslaridan biri yonib ketdi

Sergelida yo‘lovchi avtobuslaridan biri yonib ketdi
  • 7
  • 13.11.2023 17:07:00
  • 1 daq o'qish

Bugun 13-noyabr soat 16:30 da “MAN” rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ quyidagilarni maʼlum qiladi:

Dastlabki maʼlumotga ko‘ra, yong‘in avtobus haydovchisi o‘rindig‘i orqasida joylashgan elektr simlarini birlashgan blok qismida qisqa tutashuv natijasida sodir bo‘lgan. Avtobus kafolat muddatida tasarruf etilayotganligiini inobatga olib, yong‘inning aniq sababi avtobus ishlab chiqaruvchi zavod “TRUCK and BUS MOTORS” MCHJ mutaxassislari bilan birgalikda aniqlanmoqda.

Yong‘in qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga soat 16:36 da yetib borib yong‘in bartaraf etilgan. Hodisa natijasida jabrlanganlar va jarohat olganlar yo‘q. 
Hozirda, “Toshshahartransxizmat” AJning Ishlab chiqarish texnik bo‘limi xodimlari tomonidan ham xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News