
- 7
- 13.08.2024 16:28:00
- 1 daq o'qish
1-oktyabrdan O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oshirilib, 1 million 155 ming so‘m etib belgilandi. Unga ko‘ra, 1-oktyabrdan bir oylik harbiy xizmat uchun to‘lov miqdori hozirgi 7 million 350 ming so‘mdan 8 million 85 ming so‘mga oshiriladi. O‘zbekistonda bir oylik harbiy xizmat to‘lovi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.
Fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga 27 yoshga to‘lgunga qadar olinadi. Safarbarlik chaqiruv rezervi safiga olingan shaxslar tomonidan pul badallari xizmatga olingandan keyin tomonlarning kelishuvi asosida, 1 yil mobaynida biryo‘la yoki bosqichma-bosqich (bo‘lib to‘lash orqali) amalga oshirilishi mumkin.