Bir kelsa qo‘shaloq kelar…

Bir kelsa qo‘shaloq kelar…
  • 0
  • 19.03.2025 13:27:00
  • 1 daq o'qish

Xalqaro tanaffus tufayli “Manchester Siti”dan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ixtiyoriga kelib qo‘shilgan Abduqodir Husanov barchaning e’tibor markazida bo‘lib turibdi. Unga samolyotdan tushishi bilanoq narxi taxminan 350 ming dollar turadigan “Gelik” sovg‘a qilindi.  Biroz vaqt o‘tib, Husanovning bo‘lajak rafiqasi uchun “Marry me” tashkillashtirgani aks etgan video tarqaldi. 
Shuningdek, Abduqodirning transfer narxi qariyb uch baravarga qimmatlashib, 35 million yevroga yetdi. Shu tariqa, Abduqodir Husanov O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Qirg‘zistonga qarshi o‘yindan oldin o‘tkazgan mashg‘ulotlarida futbol va sportga ixtisoslashgan OAVlardan tashqari rasmiy telekanallar ham ko‘rinish berishdi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News