- 8
- 09.06.2023 13:25:00
- 1 daq o'qish
🍋Masalliqlar:
3 osh qoshiq ko‘k choy;
2 dona limon (suvi va po‘stlog‘i);
1 litr qaynagan suv (damlash uchun);
2,5 stakan sovuq suv;
10 dona muz bo‘lagi;
Bir bog‘ yangi yalpiz;
5-6 osh qoshiq asal;
👩🏻🍳 Tayyorlanishi:
- 3 osh qoshiq ko‘k choyni 1 litr suvda 10 daqiqa qaynatib oling. (Agar u 10 daqiqadan ko‘proq qaynasa, achchiq ta’m berishi mumkin.)
- Choy qaynayotganda 2 ta limonning suvini siqib, idishga soling. Limon po‘stlog‘i va yalpizni ham idishga soling.
- Issiq choyni idishga quyib, asal qo‘shib aralashtiring.
- Asal eriganidan keyin xira bo‘lib qolmasligi uchun sovuq suv va muz qo‘shing.
- Tayyor bo‘lgan ichimlikni muzlatgichda 3-4 soat turganidan so‘ng dasturxoningizga tortishingiz mumkin.
🍽 Dasturxonga tortish uchun taklif:
Bir stakan uchun 2 tilim limon bo‘lagi va yalpiz kerak bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha😋