
- 0
- 05.08.2025 08:34:00
- 1 daq o'qish
4-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan mamlakatlar bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etish uchun Turkmanistonga bordi.
Tashrif chog‘ida u turkman xalqining yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashib, strategik sheriklik va savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
Yil boshidan buyon o‘zaro savdo hajmi 600 mln dollarga yetdi. “Shovot-Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasi tashkil etilmoqda. Yaqinlashib kelayotgan oliy darajadagi uchrashuvlar oldidan bir qator hamkorlik tadbirlari rejalashtirilgan.