1-aprel kuni Toshkentning ayrim ko‘chalarida harakat cheklanadi

1-aprel kuni Toshkentning ayrim ko‘chalarida harakat cheklanadi
  • 2
  • 31.03.2023 13:20:00
  • 1 daq o'qish

2023-yilning 1-aprel kuni Toshkent shaharidagi «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida yoshlar va havaskorlar o‘rtasida duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi sababli quyidagi ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati cheklanadi:

  • soat 07:00 dan 08:00 gacha  Yangi O‘zbekiston ko‘chasining Istiqlol ko‘chasidan 3 qavatli yo‘l o‘tkazgichgacha bo‘lgan qismida qisman;
  • 08:00 dan 12:00 gacha Yangi O‘zbekiston ko‘chasining Istiqlol ko‘chasidan 3 qavatli yo‘l o‘tkazgichgacha bo‘lgan qismida har ikki yo‘nalishda to‘liq;
  • 08:00 dan 12:00 gacha Jasorat tor ko‘chasining Jasorat ko‘chasidan Yangi O‘zbekiston ko‘chasigacha bo‘lgan qismi yopiladi.

Poytaxt hokimligi keltiriladigan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, haydovchilardan aylanma yo‘llardan harakatlanishlarini so‘ramoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News