
- 6
- 04.03.2023 12:12:00
- 1 daq o'qish
Qatar poytaxti Doha shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining final bahslari bo‘lib o‘tdi.
Unda 47 yoshli hamyurtimiz Oksana Chusovitina “tayanib sakrash” dasturi bo‘yicha ikki bor chiqish qildi va 12.916 ballni qo‘lga kiritdi.
Afsonaviy sportchimiz ushbu natija orqali Jahon Kubogining bronza medaliga ega chiqdi.