Rasman: O‘zbekistonliklar bayram munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam oladi

Rasman: O‘zbekistonliklar bayram munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam oladi
  • 3
  • 20.04.2023 09:14:00
  • 1 daq o'qish

21, 22, 23 va 24 aprel kunlari - dam olish kunlari bo‘ladi.

O‘zbekiston prezidentining Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarori e’lon qilindi.

Qarorga ko‘ra,

— Joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 21 aprel – juma kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, mamlakatimizda 2023 yil 21 aprel kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.

— Aholining Ramazon hayiti bayramini munosib kutib olishi va yuksak saviyada o‘tkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2023 yil 24 aprel (dushanba) kuni ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilandi.

Shu tariqa:

  • 21 aprel, juma — Hayit bayrami;
  • 22 aprel, shanba — 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 23 aprel, yakshanba — odatdagi dam olish kuni;
  • 24 aprel, dushanba — barcha uchun dam olish kuni bo‘ladi.                           Manba: daryo.uz
Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News