IIB binosida fuqaroni urib o‘ldirib qo‘ygan xodim qamaldi

IIB binosida fuqaroni urib o‘ldirib qo‘ygan xodim qamaldi
  • 2
  • 04.01.2025 16:45:00
  • 1 daq o'qish

 

19-iyun kuni Bekoboddagi sudda 33 yoshli erkakka nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandan norozi bo‘lib, janjal ko‘targan aka-ukalardan biri IIB binosida vafot etgani haqida xabar bergan edik. Aniqlanishicha, vafot etgan 43 yoshli Dilmurod Yusupvaliyevning o‘limiga IIB xodimi yetkazgan jarohat sabab bo‘lgan. IIB xodimi aka-ukalarni so‘rovxonaga olib kirmasdan, marhumning qo‘llarini orqaga qayirgan holda qaddini bukkan hamda qorin qismiga tizzasi bilan zarba bergan. So‘ngra marhum Dilmurod Yusupvaliyevni yerga yiqitib, uning yuz va qorin qismlariga zarba berib, og‘ir tan jarohati yetkazgan. Sudda Firdavs Muradullayev aybiga iqrorlik bildirmagan. Voqea ishtirokchisi Dilmurod Yusupvaliyev marhum ukasi IIB xodimlari tomonidan kaltaklangani oqibatida vafot etganini aytgan va IIB xodimining aybi guvohlarning ko‘rsatmalari va boshqa dalillar bilan o‘z tasdig‘ini topgan. 
Sud hukmi bilan xodim qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish kabi jinoyatlarni sodir etgan deb topilib, unga 3 yil muddatga IIB tizimida, davlat ishtirokidagi tashkilotlarda rahbarlik hamda moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi va jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News