
- 12
- 08.03.2023 14:39:00
- 1 daq o'qish
🧄Kerakli masalliqlar:
🥟Xamir uchun:
Un – 500gr
Tuz – 1choy qoshiq
Suv – 300ml
🥩Qiyma uchun:
Go‘sht – 500gr
Dumba – 100gr
Piyoz – 1kg
Ta’bga ko‘ra ziravorlar
🍛Qayla uchun:
Piyoz – 3dona
Pomidor – 1dona
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
Ishni xamir qorishdan boshlaymiz, elab olingan unni olib tuz va suv qo‘shib xamir qorib olamiz va ikkiga bo‘lib xamirni tindirishga qo‘yamiz.
Qiymasini tayyorlash uchun go‘sht va piyozni to‘g‘rab, ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlardan qo‘shib yaxshilab aralashtirib olamiz.
Tingan xamirni olib yupqa qilib yoyib, so‘ngra xamirni to‘rtburchak shaklida kesib, tayyorlangan masalliqlarni solib, tugib chiqamiz va mantiqasqonga terib olamiz.
Qaylasini tayyorlash uchun, piyoz bilan pomidorni maydalab to‘g‘rab, qovurib, ta’bga ko‘ra tuz, ziravorlar va suv solib olovga qo‘yamiz.
Manti qozonga suv solib qaynagandan so‘ng, mantiqasqonlarni terib, 45 daqiqaga olovga qo‘yamiz.
🍽 Dasturxonga tortish uchun taklif
Tayyor bo‘lgan manti yoniga xohishingizga qarab qayla, qatiq yoki qatiq ichiga vitaminlarga boy bo‘lgan ko‘katlardan solib dasturxonga tortsangiz yanada mazali bo‘ladi 😍
Yoqimli ishtaha😋