
- 0
- 29.05.2025 09:24:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yili boshiga oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 mln 432,8 ming nafarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2015/2016-yilga nisbatan 5,4 barobarga oshgan. Talabalarning umumiy soni yillar kesimida quyidagicha:
• 2015/2016-o‘quv yili boshiga – 264,3 ming nafar;
• 2016/2017-o‘quv yili boshiga – 268,3 ming nafar;
• 2017/2018-o‘quv yili boshiga – 297,7 ming nafar;
• 2018/2019-o‘quv yili boshiga – 360,2 ming nafar;
• 2019/2020-o‘quv yili boshiga – 441 ming nafar;
• 2020/2021-o‘quv yili boshiga – 571,5 ming nafar;
• 2021/2022-o‘quv yili boshiga – 808,4 ming nafar;
• 2022/2023-o‘quv yili boshiga – 1 mln 042,1 ming nafar;
• 2023/2024-o‘quv yili boshiga – 1 mln 314,5 ming nafar;
• 2024/2025-o‘quv yili boshiga – 1 mln 432,8 ming nafar.
Talabalarning 782 mingini xotin-qizlar tashkil etadi.
Shuningdek, endilikda kambag‘al oilalar farzandlariga foizsiz ta’lim krediti, qo‘shimcha grantlar va kontrakt to‘loviga yordam ko‘rsatiladi.