
- 0
- 03.06.2025 09:53:00
- 1 daq o'qish
Endilikda yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballari haqidagi ma’lumotni my.gov.uz sayti yoki ilovasi orqali onlayn va bepul olish mumkin.Taqdim etilgan ma’lumotda qancha jarima ballari borligi, qabul qilingan qaror raqami va sanasi, jarima ball uchun Majburiy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning asos bo’luvchi moddasi va bandi keltiriladi.
Shuningdek, ma’lumotlarni Safe ROAD YHXX ilovasi orqali ham kuzatish mumkin.
Jarima ballarini hisoblash tartibi
Agar haydovchi 12 oy ichida yo‘l harakati qoidalarini buzmasa, keyingi davrda birinchi marta sodir etilgan huquqbuzarlik uchun birinchi jarima bali hisoblanmaydi.
Oxirgi huquqbuzarlik uchun jarima bali hisoblangandan keyin 6 oy davomida qoidabuzarlik sodir etilmasa, umumiy jarima ballaridan 2 bali chegirib tashlanadi. Agar ballarning umumiy miqdori 2 balidan oshmasa, barcha ballar ayirib tashlanib, ularni hisoblash birinchi huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdan boshlanadi.