Endi Toshkent metrosida kassa operatorlari ishlamaydi

Endi Toshkent metrosida kassa operatorlari ishlamaydi
  • 0
  • 28.08.2025 11:41:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent metrosida elektron to‘lov tizimlari va chipta sotuvchi bankomatlar o‘rnatilishi ortidan kassa operatorlari shtati qisqartirilmoqda. Birinchi bosqichda 204 nafar xodimning lavozimi tugatildi. “Toshkent metropoliteni” DUK ma’lumotiga ko‘ra, yil oxirigacha barcha bekatlarda bankomatlar o‘rnatilib, kassa operatori va katta operator lavozimlari to‘liq bekor qilinadi.

Qisqartirilgan xodimlar uchun bepul kasb-hunar o‘qish kurslari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News